Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «Dubai cup» musobaqasining so‘nggi turida Kuvaytga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 27-daqiqada Mirjahon Mirahmadov tomonidan kiritildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur g‘alaba o‘zbekistonlik futbolchilarga guruhda birinchi o‘rninni qo‘lga kiritish imkonini berdi. Sababi Yaponiya terma jamoasi 3 turda BAAga qarshi o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. 3 ta o‘yinda 2 ta durang va bitta g‘alaba qozongan yaponiyaliklarning ochkolari soni 5 taga yetdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa Yaponiya bilan 2:2 hisobida durangga erishib, BAAni 2:0, Kuvaytni esa 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda 7 ochko to‘pladi va «Dubai cup» xalqaro musobaqasining g‘olibiga aylandi.

«Dubai cup»

Kuvayt — O‘zbekiston 0:1

Gol: Mirjahon Mirahmadov, 27

O‘zbekiston: 1. Ergashev Umid, 15. Nasrullayev Sherzod, 4. Qobilov Islom, 20. G‘ofurov Husniddin, 3. Alijonov Hojiakbar (19. Rustamov Oybek), 5. Ismoilov Abror (22. Umirov Davron), 6. O‘runov Oston (10. Qodirqulov Sanjar), 17. Kenjaboyev Islom (14. Amonov Azizbek), 11. Rashidxonov Islom (8.To‘xtasinov Nurillo), 7. Nurilloyev Suhrob (16.Saitov Dilshod), 9. Mirahmadov Mirjahon (2. Aliqulov Husniddin)

Zaxiradagilar: 21. Hamroyev Umid, 12. Ziyovutdinov Nizom, 23. Alijonov Ilhom, 18. Muhitdinov Sharof, 13. Ikromov Farrux.