Joriy yilning 12-noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanida shu yil 1-noyabr kuni 2 noma’lum shaxs, G‘azalkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi A.D.ni qo‘lidan “MI-A2-Lite” rusumli mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G‘azalkent shahrida yashovchi, 1-umumta'lim maktabining 10-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchilar T.A. va D.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.