O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1 noyabrdagi qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari tariflari va narxlarini bosqichma-bosqich oshirishni tasdiqladi.

Tariflar oshirilishi to‘g‘risidagi birinchi xabari «O‘zbekenergo» kompaniyasi ma’lum qildi. 16 noyabrdan maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt·s elektr energiyasi narxi 228,6 so‘mdan 250 so‘mga (9.3 foizga), 2019 yil 1 iyuldan esa 280 so‘mga oshiriladi.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda 1 kVt·s elektr energiyasi narxi 16 noyabrdan 125 so‘m (hozirda — 114,3), 1 iyuldan esa 140 so‘mni tashkil etadi.

Bunga qadar elektr energiyasi tariflari aprelda oshirilgan edi.

Bunga qadar biz 16 noyabrdan yoqilg‘i-energetika resurslari tariflari o‘zgarishi to‘g‘risidagi qaror loyihasi haqida xabar bergan edik. Hujjatda avtomobil yoqilg‘isi va gaz narxlarini oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 1 yanvardan Toshkentning Yunusobod tumanida sinov tariqasida elektr energiyasi va gaz iste’molining bazaviy me’yorlarini joriy etish ham taklif qilingan.

Avvalroq Moliya vazirligi energiya resurslari narxlari xilma-xilligini qayta ko‘rib chiqish zarurligi asoslangan maqolani chop etgan edi. Tariflar oshirilishi bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ham bayonot bilan chiqdi.