O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o‘tkaziladi. Bu prezident tomonidan imzolangan «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunda belgilandi, deya xabar qilindi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida.

Shu munosabat bilan, fuqarolar yig‘inlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019 yil may oyida fuqarolar yig‘inlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirildi.

Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.