Indoneziyada davom etayotgan paraosiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar hozircha hozircha uchta medal qo‘lga kiritildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Dzyudo. -70kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Vasila Alibayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. U hal qiluvchi bahsda hindistonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

100 metrga yugurish bahslarida Sabina Suxanova 13:65 soniya natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi

Temurbek Giyazov balandlikka sakrash bahslarida eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qayd etish lozimki, Temurbek musobaqada Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Toru Suzukini ortda qoldirib keta oldi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston balandlikka sakrash bahslarida Paraosiyo o‘yinlarida ilk marotaba oltin medalga ega chiqdi.