Mizro Ulug‘bek tumanida Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalari oralig‘ida yangi yo‘l ochilishi bo‘yicha 27 sentyabrdan ushbu hududda yo‘l qurish ishlari boshlandi. Ishlar davomida yo‘l o‘tishi rejalashtirilgan maydonning yer ostida shaharni katta qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi kommunikatsiyalar borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra mazkur hududda yo‘l qurilishi uchun ushbu kommunikatsiyalar boshqa yerga ko‘chirilishi lozim. Ko‘chirish ishlariga esa vaqt va katta mablag‘ talab etiladi.

Qisqa vaqt oralig‘ida bunday hajmdagi ishlarlarni yakunlashning iloji yo‘qligi sababli, yo‘l qurilishi ishlari vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi. Hozirda bu hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.