Oksana Chusovitina Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan jahon kubogida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 43 yoshli sportchi O‘zbekistonga qaytib keldi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari yig‘ishni boshlab yuborgan Chusovitina musobaqa davomida o‘zini qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

«Barchasi ajoyib bo‘ldi. Muxlislarimga rahmat. Parij bizni yaxshi kutib oldi. Sport zalidagi muhit esa ajoyib edi. Raqiblar? Men raqiblarga qarab o‘tirmayman va o‘z ishimni to‘g‘ri bajarishga harakat qilaman. Umid qilamanki, barchasi reja bo‘yicha davom etadi. Yana bir marotaba meni qo‘llab-quvvatlab turganlarga minnatdorchilik bildiraman», — dedi Oksana Chusovitina.