Prezident Shavkat Mirziyoyev prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi «Talko» davlat unitar korxonasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu zavod 1975 yilda qurilgan. 2007 yilda «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda «Talko» tog‘-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida ko‘plab korxonalarni birlashtirgan.

Joriy yil iyul oyida O‘zbekistonning «Krantas grupp» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qo‘shma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tashrifi chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.