Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 18 sentyabr kuni Toshkent shahar ichki ishlar organlari va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.B. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasini Elbek ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun shu yerda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi tomonidan to‘xtatilib, avtomashina hujjatlari tekshirilganida, majburiy sug‘urta polisining amal qilish muddati o‘tganligi aniqlagan va ushbu qoidabuzarlik yuzasidan fuqaro O.B. xodimga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslikni so‘rab, evaziga pora tariqasida 10 AQSH dollarini taklif qilib, berayotgan vaqtida ushlandi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O.B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.