Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2019 yil uchun jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga qabul qilishni e’lon qildi. Bu haqda institut rahbariyati ma’lum qildi, deyiladi O‘zA xabarida.

— Institutimizda avval 4ta ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktorantlari tayyorlanadigan bo‘lsa, endi 10 ta ixtisoslik bo‘yicha talabanlar doktorantura (PhD)ga qabul qilinadi, — deydi intstitutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muyatdin Jalelov. — Institutimizdagi ilmiy talabdan kelib chiqib, Qoraqalpog‘istonda ilk bor jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha ham doktorantlar tayyorlanadigan bo‘ldi.

Hujjatlar joriy yil 15 sentyabr — 16 oktyabr oralig‘ida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda jurnalistika bo‘yicha bakalavr va magistr mutaxassislar faqat Qoraqalpoq davlat universitetida tayyorlanadi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab, ushbu universitetda jurnalistika bo‘yicha qabul kvotalar soni oshirildi va sirtqi bo‘lim ochildi. Talabalar o‘zbek va qoraqalpoq guruhlarida ta’lim ola boshladi.