Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 2018 yil 16 sentyabr kuni viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tadbiri davomida Olmaliq shahrida yashovchi N.N. qo‘lidagi sumkasidan 6 kg. 453 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.