RIA Novosti — Apple kompaniyasi chorshanba kuni Kupertinoda yangi iPhone Xs, iPhone Xs Max va iPhone Xr smartfonlari va Watch aqlli soatining yangi avlodini namoyish etdi.

iPhone Xs va iPhone Xs Max.

Yangi iPhone Xs va iPhone Xs Max mos ravishda 5,8 dyuym va 6,5 dyuym diagonal ekranga ega bo‘lib, piksellar sig‘imi 2,7 mln tani tashkil etadi.

iPhone Xr.

iPhone Xr modeli iPhone Xs modelining soddalashtirilgan talqini bo‘lib, gadjet 6,1 dyuymli IPS-ekran va alyuminiy korpusga ega. Bundan tashqari, boshqa yangi modellardan iPhone Xr 12 megapikselli birgina asosiy kamerasi bilan ajralib turadi.

iPhone Xsga elektron sim-karta kiritilgan bo‘lib, kompaniyaning marketing bo‘yicha katta vitse-prezidenti Fil Shillerning ma’lum qilishicha, mazkur yangilik Dual-SIM ikki sim-karta funksiyasidan foydalanish hamda turli tarif rejalariga o‘tish imkoniyatini beradi.

Tashqi tomondan gadjetlar deyarli o‘zgarmagan.

Smartfonni qulfdan chiqarish uchun Face ID yuzni tanish funksiyasi sezilarli darajada tez ishlaydigan bo‘lgan. Buning uchun olti yadroli markaziy protsessor, to‘rt yadroli grafik protsessor va «neyron dvijok"dan iborat A12 Bionic chip o‘rnatilgan. Yangi chip soniyasiga 5 trilliongacha operatsiyani amalga oshirishga imkon beradi.

Smartfon xotirasi 512 Gb gachani tashkil etadi. Apple yangi mahsulotlar to‘liq suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega ekanini ma’lum qildi.

Apple Watch.

Apple Watch qo‘l soatlarining yangi modeli egasining yurak urishini nazorat qiladi va agarda u yiqilib tushib, uzoq vaqt turmasa, yordam chaqirishi mumkin.

To‘rtinchi avlod soatlarining ekranlari avvalgi modellarga qaraganda 30 foizga kattaroq. Yangi mahsulotda 2 barobar tezroq ishlovchi yangi chipdan foydalanilgan.