Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahriga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Issiqko‘l aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Bo‘ronov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.