Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarida qatnashgan o‘zbekistonlik Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi bronza medali sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari finalda 3:44.061 natija ko‘rsatgan holda marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi.