Sevimli TV orqali efirga uzatilgan «Zamon» dasturida 2 yil oldin Qorasuv suv omborida baliqchilikni boshlab, 300 tonna balig‘i nobud bo‘lgan tadbirkor haqida lavha namoyish etildi. Tadbirkor Akmal Mamatqulovga na tuman hokimligi, na irrigatsiya tizimi xodimlari yordam bermagan.

Ayni paytda ushbu suv ombori 20 avgust kuni Samarqand viloyati hokimi aralashuvi bilan suvga to‘lgan. Ungacha esa, baliqlar tashnalikdan qirilib ketib bo‘lgandi.

Payariq tumanidagi Qorasuv suv omboriga o‘tgan yili «Samarqandbaliqsanoat» MCHJ tomonidan 1 mln.dan ortiq baliq urug‘i tashlangan. Bu yil suv omboriga suv kelmay, qurg‘oqchilik bo‘ldi. Baliqchi Akmal Mamatqulovning aytishicha, suv muammosini bartaraf etishda yordam berishini so‘rab, kirmagan eshigi qolmagan.

Suvsizlikdan o‘lgan baliqlarning ayanchli ahvoli haqida Payariq tumani hokimi Abdumo‘min Jo‘rayevdan quyidagi izoh olindi.

Hokim ushbu suv omborida tashkil etilgan baliqchilik fermasining hujjatlari amaldagi qonun talablariga javob bermasligi, tegishli shartnomalar imzolanmaganligi haqida ma’lumot berdi. «Qorasuv» suv omboriga baliq chavaqlarini tashlagan, Samarqand baliqchilik sanoati ms’uliyati cheklangan jamiyati rahbariyati chindan ham o‘zboshimchalik bilan ishni yo‘lga qo‘yganmi, savolga javob olish uchun yana jamiyat xodimlariga yuzlanamiz.

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Akmal Jumayev esa vaziyatga mana bunday izoh berdi: «Xullas, bir kechada shuncha baliq nobud bo‘lgach suv omboriga suv keldi».

Payariq tumanida baliqlarning nobud bo‘lishi bilan bog‘liq voqeadan xabardor bo‘ldingiz. Masalaga tegishli tashkilotlar o‘z munosabatini bildirar biroq, shunisi ma’lumki, oqar suvning tanqisligi, suvning to‘g‘ri yo‘naltirilmaganligi natijasida 300 tonna baliq nobud bo‘ldi.