O‘zbekiston olimpiya termasi futbolchilari Indoneziyada gongkonglik raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chorak finaliga chiqdi.

Gollar yarimhimoyachilar Ikrom Aliboyev (27'), Javohir Siddiqov (60') va hujumchi Zabixullo O‘rinboyev (65') tomonidan kiritildi.

O‘zbekiston tarkibi: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Zabixullo O‘rinboyev, Javohir Siddiqov, Ikrom Aliboyev, Dostonbek Tursunov, Doston Hamdamov, Abbos Otaxonov.

O‘zbekiston termasi chorak finalda Eron-Janubiy Koreya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Statistika


Video