2018/2019 o‘quv yilida o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan onlayn test sinovlari 24−25 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar berdi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan joyi va vaqti bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining www.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Test sinovlarida ishtirok etuvchilarning belgilangan oliy ta’lim muassasalariga o‘z vaqtda fuqarolik pasporti bilan kelishlari so‘raladi, deyiladi xabarda.