Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan Bekzod Nuritdinovga nisbatan Toshkent shahar Uchtepa tuman prokuraturasining «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Bekzod Nuritdinov 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, bo‘ydoq, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlanmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining 2018 yil 17 avgustdagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchi B. Nuritdinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.