Bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi raisi Alisher Sultonov 20 avgust kuni YTHda yengil tan jarohatini oldi, deya xabar qildi «Gazetauz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi.

Alisher Sultonovning xizmat mashinasi Bekoboddan Toshkentga harakatlanayotgan hukumat korteji oldida kelayotganda Damas avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Xizmat mashinasida bosh vazir bilan bo‘lgan yana bir kishi, shuningdek bosh vazir o‘rinbosari yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, dedi axborot manbasi.

«Gazeta.uz"ning aniqlik kiritishicha, YTH 19 avgust kuni emas, balki 20 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Bosh vazir ishga chiqishga ulgurdi. Uning salomatligiga hech qanday tahdid yo‘q, deya ta’kidladi axborot manbasi.