Indoneziya poytaxti Jakartadagi «Gelora Bung Karno Stadium"da XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Unda mazkur o‘yinlarda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar sport delegatsiyalari stadion bo‘ylab tantanali tarzda chiqish qilishdi. Shuningdek, marosimda mezbon mamlakat — Indoneziya madaniyati, an’analari aks etgan turli sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston sport delegatsiyasida bokschi Isroil Madrimov bayroqdor vazifasini bajardi.