Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning bugun Samarqandga borgani haqida xabar bergan edik.

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Afrosiyob muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston prezidentiga Afrosiyob qal’asi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy o‘tmishi haqida ma’lumot berildi.

Afrosiyob mo‘g‘ullar istilosigacha gullab-yashnagan qadimiy qal’adir. Muzeyda ushbu shaharning miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalaridan XIII asrning boshlarigacha bo‘lgan tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.