O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Emomali Rahmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.