2018 yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Malayziyaning favqulodda va muxtor elchisi etib qayta tayinlangan Hendi Assan bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsion, transport va boshqa sohalarda rivojlanish uchun ulkan salohiyatlarga ega O‘zbekiston — Malayziya munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlar, Qo‘shma savdo qo‘mitasi yig‘ilishi hamda ishbilarmon doiralarning biznes-forumini o‘tkazish muddatlari borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida ta’kidlanganidek, turizm sohasi madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning muhim qismi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan elchi malayziyalik turistlar uchun vizasiz tartib joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonining qarori uning mamlakatida mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi.