O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga Tohir Oxunovich Mullajonov tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toxir Mullajonov 1950 yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1965 yilda boshlagan.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi shtabi inspektori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i, Jizzax, Buxoro, Namangan viloyatlari ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, Ichki ishlar vazirligi Toshkent Oliy harbiy bilim yurti boshlig‘i o‘rinbosari hamda O‘zbekiston prezidentining Jizzax viloyati bo‘yicha Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yilning 13 avgust kunidan boshlab Tohir Oxunovich Mullajonov O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.