Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashagan S.T. o‘zining «Tiko» rusumli avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi «Navoiy-Zarafshon» avtomobil yo‘lining 68-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.

IIV Jamoatchilik vaOAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, sodir bo‘lgan hodisa natijasida haydovchi S.T. voqea joyida vafot etgan va yo‘lovchisi bo‘lgan jiyani A.T. kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan.