Kecha xabar berganimizdek, NABF chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan o‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov amerikalik Markus Teylorga qarshi ringga chiqdi. Las-Vegasdagi «Sam's Town Hotel & Gambling Hall» arenasida o‘tkazilgan 8 raundli jangda ochkolar hisobi bo‘yicha Markus Teylor g‘alaba qozondi. Bu haqda olamsport.com sayti xabar berdi.

Bu Sanjar Rahmonovning professional ringdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Rahmonov professional faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alabaga erishgan (5 tasi nokaut bilan). Bitta to‘qnashuvda durang qayd etilgan.

Teylor esa prof ringda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 11 ta jang o‘tkazgan va ularning 10 tasida g‘alaba nashidasini surgan. Bittasida esa mag‘lub bo‘lgan.