Toshkentda tashkillashtirilgan «CAFA U-15 championship» turniridan o‘rin olgan so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. «Milliy» stadionida o‘tkazilgan o‘yinda o‘smirlarimiz afg‘onistonlik raqiblarga qarshi maydonga chiqib, 0:0 hisobidagi durang qayd etishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Eron terma jamoasi futbolchilari birinchi o‘rinni egalladi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi o‘zbekistonlik o‘smirlar ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsalar, kuchli uchlikka tojikistonlik yosh charm to‘p ustalari yakun yasab berishdi.

O‘yinlar nihoyasiga yetgach, «Milliy» stadionda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Marosimda OFK vakili Vohid Kardaniy, O‘FA va PFL mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.