Tojikistonning Tajik Air Milliy avikompaniyasi 28 iyul kuni ertalab «Dushanbe — Samarqand» yo‘nalishidagi muntazam reysni yo‘lga qo‘ydi. Parvoz Boeing 737−300 avilaynerida amalga oshirildi.

Aviakompaniya matubot kotibi Aziz Xayrulloyevning «Xovar» agentligiga aytishicha, bir yo‘nalish uchun chipta narxi 684 somoniy (72 dollar)ni tashkil etadi.

Dushanbe xalqaro aeroportidan jo‘nash vaqti — 9:00. Parvozning davomiyligi — 45 daqiqa. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi reys 4 avgust kuni amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Milliy aviakompaniyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘tgan yilning aprel oyida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Tashkentdan Dushanbega ilk parvozni amalga oshirgandi. Reyslar seshanba kuni A320 samolyotida amalga oshirilmoqda. Chipta narxi 78 dollardan boshlanadi.