Bugun, 27 iyul kuni Amir Temur shoh ko‘chasining Osiyo ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, shoh ko‘chada uni nafaqat avtomobillar harakati, balki harakatning barcha ishtirokchilari, jumladan piyodalar va velosipedchilar uchun ham zamonaviy ko‘chaga aylantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi.

Hozirda ko‘rsatib o‘tilgan uchastkada trotuarlar rekonstruksiyasiga tayyorgarlik uchun shoh ko‘chaning yonlari bo‘ylab to‘siqlar o‘rnatilayotgani sababli harakat qiyinlashgan.

Avvalroq shoh ko‘chaning mazkur qismida yo‘l chetlari va o‘rtasidagi devor-to‘siqlar olib tashlangan edi.