Bugun 26 iyul kuni soat 14:35 da Toshkent IIBB navbatchilik qismiga Beltepa-Aeroport yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 11-avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani to‘g‘risida axborot kelib tushdi va IIBB ushbu hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Toshkent shahar hokimligi ishchi guruhi tez fursatda voqea joyiga yetib borib tafsilotlarni o‘rgandi. Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan davlat raqami 01/ 041 JFA, 3-Avtosaroyga qarashli 11 yo‘nalishdagi «Mercedes-Benz» rusumli avtobus avtobus 1-sonli «Baxt uyi» (sobiq 1-FHDYO) qarshisida daraxtga borib urilgan, natijada singan daraxt shu yerga qo‘yib ketilgan «Cobalt» avtomobili ustiga qulagan. Yengil mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Ushbu avtobus haydovchisi Usmonov Anvar Olim o‘g‘li 1993 yilda tug‘ilgan yoshi 25da. Avtobus salonida 16 kishi bo‘lgan.

Tez tibbiy yordam avtomashinasida birigada yetib kelganida 16 kishidan 9 tasiga o‘rta va yengil jarohatlari yuzasidan yordam ko‘rsatilgan. Ularni sog‘ligiga jiddiy e’tibor qaratilgan holda voqea joyiga eng yaqin bo‘lgan Tekstil kombinati shifoxonasiga 3 kishi, 16 shahar tez tibbiy kasalxonasiga 9 kishi olib borildi. Ulardan bir kishining oyog‘i singani tufayli bir oz shifoxonada ushlab qolindi. Qolgan yo‘lovchilarga javob berildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ishchi guruh soat 17:00 da 16 yo‘lovchining har biri bilan telefon orqali suhbatlashib, hol-ahvoli bilan qiziqdi.