O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisini Inqilob kuni munosabati bilan tabrikladi.Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Inqilob kuni Misr bayramlaridan sanaladi. 1952 yilning 23 iyul sanasida bo‘lib o‘tgan harbiy inqilob natijasida monarxiya tugatilgan va respublika boshqaruvi e’lon qilingan.