Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi va uning xaridori bo‘lishi lozim, dedi O‘zbekiston prezidenti 20 iyul kuni Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrifi doirasida FA va ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan muloqotida.

«Biroq o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, olimlarimizning bor-yo‘g‘i 43 ta ilmiy ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari mavjud», — dedi prezident.

Ilmiy yangilik biror bir sohaga iqtisodiy naf keltirmasa, yoki real ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshirilmasa, ularning nima keragi bor? Qachongacha o‘zimizda shuncha salohiyat bo‘la turib oddiy ehtiyot qismlari chet eldan import qilamiz? 14 mlrd dollar import kelayapti. Mana bizning rezervimiz. Shu pullarni sizlarga beraylik", — deya olimlarga yuzlandi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyotning real sektori korxonalari hadeb import qilavermasdan, o‘z mablag‘larining bir qismini ilmiy izlanishlarga yo‘naltirishga panja ortidan qarab kelmoqda. Agar olimlarimizga yetarlicha sharoitlarni yaratib bersak, ular import o‘rnini bosuvchi texnologiyalarni o‘zimizda yaratib bera oladilarmi? Men bunga ishonaman — qila oladilar.

Prezidentning ma’lum qilishicha, so‘nggi besh yilda mamlakat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga olib borilgan ilmiy amaliy izlanishlar natijalari bo‘yicha 700 dan ortiq ilmiy ishlar natijalariga patent olingan. Biroq ularning atigi 18 tasi (0,5 foizi) amaliyotga joriy etilgan.


Kollejni tugatgan bola bitta ariza yoza olmaydi — prezident

Sizlarga bir rost gapni aytaymi? Kollejni tugatgan bola bitta ariza yoza olmaydi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Gapim haqiqat. Na kirilchada, na lotinchada. Nima uchun Maktabgacha ta’lim vazirligini tuzdik? Bir yarim mingdan ko‘proq MTM ochmoqchimiz. Tarixda bo‘lmagan. Agar biz maktabgacha ta’lim rivojlantirmasak, qishloq joylarda maktabga kelayotga bolalarning sifati, saviyasi hozirgi talabga mutlaqo javob bermaydi.