Raxmatov Shavkat Turakulovich Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Avval mazkur lavozimda ishlagan Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyati hokimi bo‘ldi.

Shavkat Raxmatov (1970 y. t.) Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1995 yilda).

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Yangiyo‘l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

May oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.