Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasda jahon chempionati davom etmoqda. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Tursunoy Jabborova sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatdi.

-75kg vazn toifasida bahslarga kirishgan sportchi dast ko‘tarishda 96 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarishda esa 116 kg tosh ko‘tardi va ikkikurash yakunlariga ko‘ra (212 kg) ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu vazn toifasida oltin medalni umumiy hisobda 255 kg tosh ko‘targan ekvadorlik Nesis Daxomes, kumush medalni esa amerikalik Meredit Olvayn (220 kg) egalladi. Mazkur yo‘nalishda ishtirok etgan Gulnoza Ahmedova esa 203 kg natija bilan yettinchi pog‘onadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha hamyurtlarimizdan Adhamjon Ergashev va Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, G‘ayrat Aytmuratov dast ko‘tarishda bronza medali bilan taqdirlangandi.