9 iyul kuni Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Anqarada o‘tkaziladigan Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Turkiya prezidenti lavozimiga kirishish marosimida qatnashadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatish o‘rinli, 24 iyun kuni o‘tkazilgan saylovda Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz to‘pladi. Saylovdan so‘ng Turkiya parlament boshqaruvi tizimidan prezident boshqaruvi tizimiga o‘tadi.