Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Tekirdog‘ viloyatida ro‘y bergan poyezd halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Poyezdning temir izlardan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. hodisa vaqtida poyezdda 362 yo‘lovchi va 6 nafar temir yo‘l xizmati xodimi bo‘lgan. Hodisaga tinimsiz yoqqan yomg‘irning relslar ostidagi qatlamni yuvib ketgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda, deya xabar qildi Anadolu.