Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final bahslari davom etmoqda. Bugungi kunning ilk o‘yinida Braziliya Meksikaga qarshi maydonga chiqdi.

Ta’kidlash o‘rinli, bu uchrashuvda garchi Braziliya favorit sifatida tilga olingan bo‘lsa ham, meksikaliklar o‘yinni ustunlik bilan boshladilar. Ammo hujumlarda aniq harakat yetishmadi.

Ikkinchi taymda o‘ziga kelib olgan braziliyaliklar hisobni ochishdi. 51-daqiqada Neymar qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi.

Shundan so‘ng Braziliya termasi hujumda shiddatni oshirdi. Ammo Meksika darvozaboni Ochoa ajoyib o‘yin ko‘rsatib, xavfli zarbalarni bartaraf etdi.

Uchrashuvning 88-daqiqasiga kelib Neymar o‘z hisobiga golli pas yozib qo‘ydi. Firmino vaziyatdan unumli foydalanib, yakuniy hisob 2:0 bo‘lishini ta’minladi.