26 iyun kuni Toshkentning Chilonzor tumani hokimiyati binosini o‘rab turgan temir panjaralar olib tashlandi. Tuman hokimligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, bu haqdagi qaror tuman hokimi Davron Hidoyatov tomonidan qabul qilingan.Panjaralarning olib tashlanishini «ramziy ma’noda xalqimiz va davlat idoralari o‘rtasida turgan ko‘zga ko‘rinmas to‘siqning olinganligi va hokimiyat organlarining shaffofligini ta’minlash deb baholash mumkin», deyiladi matbuot xizmati keltirgan ma’lumotda.

Endilikda hokimiyat oldidagi hududni aholi dam oladigan, sayr qiladigan maskanga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda Chilonzor tuman hokimligi binosining yon-atroflari obodonlashtirilib, aholi uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda.