16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qo‘lga olingan AQSH fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi, deya xabar qildi juma kuni «Gazeta.uz"ning vaziyatdan xabardor bo‘lgan axborot manbasi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda u qarindoshlarinikida.

AQSHda yashovchi Zokir Aliyev vatanga qarindoshlarining taklifi bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasidan viza olib kelgan edi. Davlat xavfsizlik xizmati xabarida u terroristik tashkilotga aloqadorlikda gumon qilinib, 2005 yildan beri qidiruvda bo‘lgan.