O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.