O‘zbekiston prezidenti 11 iyun kuni Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun (juma) kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, Ramazon hayitining birinchi uch kuni — 15−17 iyun kunlari kuni mamlakatda bayram sifatida keng nishonlansin, deyiladi hujjatda.