Bunga qadar Zarafshon hokimi bo‘lib ishlagan Muhiddin Bozorov Navoiy hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi Navoiy viloyati ma’muriyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Umarbek Xalilov.
Mazkur lavozimga u yangi tashkil etilgan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov o‘rniga tayinlandi. Umarbek Xalilov Navoiyga 2017 yil aprelida rahbar bo‘lgan edi.
Muhiddin Bozorov Zarafshonga 2013 yil avgustida hokimlikka tayinlangan. Zarafshonga Navoiy hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Rajabov hokim bo‘ldi.