O‘zbekiston shahar va qishloqlari hududida daraxtlarni himoya qilish tizimi o‘zgarishlarga muhtoj. Yashil daraxtzorlarning kesilayotgani jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan «Gazeta.uz» mazkur sohadagi islohotlar bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan petitsiyani e’lon qildi.
Biz o‘quvchilarni Mening fikrim portalidagi 124-s-p/18 raqamli «Shahar va qishloqlar hududida daraxtlarni himoya qilish tizimini isloh qilish» deb nomlangan petitsiyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.
(Ovoz berish uchun havola: http://meningfikrim.uz/ru/petitions/view/177)
O‘z ovozingizni qoldirish uchun ID.Gov.uz, Google, Yandeks, Vkontakte, Mail.ru yoki Odnoklassniki tizimlarida akkaunt bo‘lishi talab qilinadi.
Ovoz berish jarayoni 90 kun davom etadi. Bu vaqt davomida 10 ming ovoz to‘plash lozim. Shunda petitsiya O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalaridan birida ko‘rib chiqiladi. Deputatlar murojaatni 60 kun davomida ko‘rib chiqib, o‘z qarorini e’lon qilishi lozim.
Petitsiyada shahar va qishloqlar hududida har qanday daraxtni kesishga moratoriy e’lon qilish, moratoriy davrida atrof-muhit muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilikka quyidagi o‘zgartishlarni kiritish taklif qilinmoqda:
hokimiyatlardan daraxtlarni kesishga ruxsat berish huquqini olib qo‘yish;
muayyan talablar asosida ruxsatnoma berishning onlayn tartiblarini joriy etish;
70 yoshdan oshgan daraxtlari kesishni taqiqlash yoki ularni ko‘chirish tartiblarini joriy etish;
Fuqarolar shikoyatlariga javob qaytarish uchun haftasiga 7 kun, kuniga 24 soat ishlovchi ekologik politsiyani tashkil etish. Uning vakolatlarini brakonerlarni qo‘lga olish va texnikalarini musodara qilishgacha bo‘lgan huquqlarini kengaytirish;
Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdorini har bir kesilgan daraxt uchun 50 mln so‘mdan etib belgilash;
Daraxtlarni shaklga keltirish qoidalarini qonunchilikka biriktirish va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarini o‘qitish.
Shunday qilib, shahar va qishloqlarning bo‘lg‘usi avlodlari uchun daraxtlarni saqlab qolish maqsadida tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.