2004 yildan buyon O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasini boshqarib kelayotgan Botir Rahmatovich Parpiyev mazkur lavozimdan ozod qilindi.

U Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining keksalar va veteranlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi kengash vakili «Gazeta.uz"ga.

Botir Parpiyev (1946 y. t.) 2002 yildan 2004 yilgacha Davlat bojxona qo‘mitasi raisi,ungacha ichki ishlar vaziri va favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari (1998−2002) lavozimlarida ishlagan.

Yangilik to‘ldirilmoqda.