Ma’lumki, yer shari aholisining yog‘ga bo‘lgan talabi asosan o‘simliklar urug‘liklaridan olingan moylar hisobiga qondiriladi. Paxta yog‘i esa iste’mol qilinishi jihatidan dunyoda sakkizinchi o‘rinni egallaydi.

Paxta yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lariga qaraganda xalqimiz orasida ham avvaldan keng iste’mol qilib kelinadi. Paxta moyi tarkibida turli foydali moddalar, fosfolipidlar, efir moylari va foydali omega-3 yog‘ kislotalari hamda Ye vitamini ham mavjud.

Fosfolipidlar yog‘ kislotalari, fosforik kislota va qo‘shimcha guruhlar bo‘lgan ko‘p hollarda azot bo‘lgan murrakab lipidlardir. Ular barcha tirik hujayralarda mavjud. Asab to‘qimasida, yog‘lar, yog‘ kislotalari va xolesterin yetkazib berishda ishtirok etadi. Fosfolipidlar barcha hujayralardagi membranalarning bir qismidir. Plazma va qizil qon hujayralari o‘rtasida muhim rol o‘ynaydigan fosfolipidlar almashinuvi mavjud bo‘lib, ular suyuq xolda lipidlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Fosfolipidlarning eng keng tarqalgan guruhi fosfoglitseridlarni va yana fosfosfingolipidlar va fosfinosididlar fosfolipidlarni o‘z ichiga oladi. Fosfolipidlar amfifil moddalardir.


Omega-3-PTEK ko‘pincha «muhim» yog‘ kislotalari deb ataladi. Bu nom bolalarning normal o‘sishida muhim rol o‘ynashi kashf etilgan. Oziq-ovqat mahsulotidagi oz miqdordagi omega-3 PUFA (umumiy kaloriya miqdorining -1%) normal o‘sishni saflab qoldi va ko‘proq qo‘shimcha ta’siri yo‘q.

Paxta yog‘i kungaboqar va kunjut yog‘i bilan bir qatorda tibbiyotda, oziq-ovqat tayyorlashda qo‘llaniladi. U parhez mahsulot sanaladi va aterosklerozni davolashda qo‘llaniladi.

Bugungi kunda «O‘zpaxtayog‘» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston aholisining paxta yog‘iga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida tizimdagi yog‘-moy korxonalarining mavjud texnologiyalarini jadal rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ishlab chiqarilayotgan oliy navdagi paxta moyini sifatli tarzda aholiga yetkazish maqsadida korxonlar tomonidan PET butilkalar bilan birga, idishlarda premium klasdagi paxta moylarini qadoqlash yo‘lga qo‘yildi.

Bularga misol tariqasida Xorazm viloyatidagi «Urganch yog‘-moy» AJ tomonidan «MARVARID», Namangan viloyatidagi «Uchqo‘rg‘on yog‘» AJ tomonidan «IDEAL», Navoiy viloyatidagi «Vang‘ozi agro eksport» MCHJ tomonidan «Go`zal tong» va Toshkent shahridagi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ tomonidan Premium klasidagi oliy navli paxta moylarini shisha butilkalarga qadoqlangan holda aholiga yetkazib berish ishlari amalga oshirilayotganini keltirib o‘tish mumkin.

Yog‘-moy sanoati eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida Respublika yog‘-moy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan PREMIUM klassdagi paxta moyini milliy brend ostida eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, tizimidagi yog‘-moy korxonalar tomonidan mavjud ishlab chiqarish texnologik tizimlarni zamonaviy, resurstejamkor va avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jixozlashga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Reklama huquqi asosida.