Qobul Berdiyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

U mazkur lavozimga institut boshlig‘i o‘rinbosari vazifasiga qaytarilgan Zafar To‘rayev o‘rniga tayinlandi.

Qobul Berdiyev (1955 y. t.) 2017 yil sentyabridan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. 2008−2017 yillarda O‘zbekiston mudofaa vaziri bo‘lgan.