Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi («O‘zavtotrans» agentligi) boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning O‘zbekiston prezidenti devonidagi axborot manbasi.

Rahmonbek Usmonv (1960 y. t., Toshkent avtomobil yo‘llari instituti bitiruvchisi — 1982) 2011 yil fevralida Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi, 2012 yil martidan Toshkent hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

2005−2011 poytaxt hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2003−2005 yillarda Yakkasaroy tuman hokimi, 2001−2003 yillarda — Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Poytaxt ma’muriyatiga kim rahbarlik qilishi hozircha noma’lum. Yangi hokim nomi payshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi martda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bazasida tashkil etilgan edi.