O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov 8 aprel kuni telefon orqali muloqotda shanba kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida Qirg‘iziston fuqarosining o‘limi bilan tugagan hodisani muhokama qildi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, tomonlar 9 aprel kuni ikki davlat chegara xizmatlari hamda boshqa mutasaddi mahkamalar rahbarlari darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shma ishchi guruhi hodisani batafsil o‘rganib, yaqin vaqtlar ichida natijalarini ma’lum qiladi.