O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Podpolkovnik Qosimov Fayzulla Faxrillayevich IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Boshqarma o‘tgan yili prezidentning ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish to‘g‘risidagi farmoni bilan IIV Aloqa bo‘limi o‘rniga tashkil etilgan edi.

To‘rt viloyat IIB boshliqlariga ham o‘rinbosarlar tayinlandi. Jumladan, Toshkent viloyatiga — polkovnik Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevich, Jizzax viloyatiga — polkovnik Safarov Baxriddin O‘rolovich, Navoiy viloyatiga (Tergov boshqarmasi boshlig‘i) — polkovnik Xasanov Akil Axatovich, Buxoro viloyatiga (Tergov boshqarmasi boshlig‘i) — polkovnik Xolov Faxriddin Ilmuradovich nomzodlari tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Axmedjanov Muzaffar Xalmatovich, Andijon viloyati Shahrixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga — podpolkovnik Abdujalilov Toxirjon Tuychiboyevich, shu viloyatning Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i o‘rniga — podpolkovnik Yuldashev Akmaljon Foziljonovich va Surxondaryo viloyati Angor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga — mayor Boltayev Murod Mamarajabovich tayinlandi.