Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari fevral oyida bir oy avvalgiga nisbatan 3 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 558 dan 575 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Qishning so‘nggi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 3 foizga oshib, 627 sh. b. ga (yanvarda — 608 sh. b.) yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi ham 3 foizga qimmatlab, 547 sh. b. ga ko‘tarildi (531).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 567 sh. b. (+2 foiz), ikki xonali — 560 (+3 foiz), uch xonali — 560 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 560 (+3 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.